"Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsion tijorat banki 1990-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda bank 2017-yil 21-oktabrdagi 10-sonli bank litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda. Uning bosh ofisi Toshkentda joylashgan.

2013-yildan beri Osiyo taraqqiyot banki bank aksiyadori hisoblanadi. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi kapital qo'yilmasi bo'ldi. Hozirda bankning mintaqalarda sakkizta filiali, shuningdek, Toshkentda sakkizta filiali, 30 ta mini-banki, 24 ta maxsus kassasi va 10 ta ekspress-markazi mavjud.